Jizzaxda qora “Tracker”lar auksionga chiqarilishi kutilmoqda

Jizzax viloyatida qarzdorlar yashirgan 4 ta “Tracker” rusumli avtomobil aniqlanib, jarima maydonlariga olib kelindi. Transport vositalari kelgusida elektron auksionlar orqali sotilishi kutilmoqda. Sotuvdan tushgan mablag'lar ijro hujjatlari bo'yicha qarzdorlikni qoplashga yo'naltiriladi.
Fuqarolik munosabatlari kengayib borayotgan bir paytda, sud va boshqa vakolatli organlar qarorlari asosida ijro hujjatlari soni ortishi tabiiy hisoblanadi. Ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosiga kelib tushganidan so‘ng, davlat ijrochilari qonuniy majburiy ijro harakatlarini amalga oshiradi.
Qarzdorlik mulkka nisbatan amalga oshirilganda, uni yashirish qonun bilan taqiqlangan va bu jiddiy huquqiy oqibatlarga olib keladi.
Jizzax viloyatida ayrim qarzdorlar davlat ijrochisi talablarini inkor etib, o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarini yashirishga uringan. Ammo natija ularning kutgani kabi bo‘lmadi: ijro hujjatlari asosida 4 ta “Tracker” rusumli avtomobil aniqlanib, jarima maydonlariga olib kelindi.
Kelgusida ushbu transport vositalari elektron auksionlar orqali sotilib, tushgan mablag‘lar ijro hujjatlari bo‘yicha mavjud qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
Bu hodisa qonuniy talablarga amal qilmaslikning jiddiy huquqiy oqibatlarini yana bir bor ko‘rsatmoqda.






























Izohlar 0
…