Peres Zidanini "Real"ga qaytarishni istamoqda

Peres Zidanini "Real"ga qaytarishni istamoqda
Qisqacha

"Real" prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidanni klubga qaytarish masalasida shaxsan turib olmoqda. Bu rejani amalga oshirish uchun Zidan Fransiya terma jamoasidagi ishidan voz kechishi kerak, biroq u 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin milliy jamoani boshqarishni rejalashtirmoqda. Zidan boshchiligida "Real" UEFA Chempionlar ligasida ketma-ket uch marta g'olib chiqqan.

Madridning "Real" klubida fransuz mutaxassisi Zinedin Zidan nomzodi hanuz ko‘rib chiqilmoqda. Ispan OAV xabariga ko‘ra, "qirollik" klubi prezidenti Florentino Peres "Zizu"ni taklif qilish masalasida shaxsan turib olgan.

Biroq bu rejani amalga oshirish uchun Zinedin Fransiya terma jamoasidagi ishidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Mutaxassis 2026 yilgi jahon chempionati yakunlanganidan keyin milliy jamoani boshqarishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Zidan boshchiligida "Real" UEFA Chempionlar ligasida ketma-ket uch marta g‘olib chiqqan. Hozirda "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi lavozimini ispaniyalik Xabi Alonso egallab turibdi.

U jamoani 2025 yil yozidan beri boshqarib kelmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar