date

Luka Toni Modrichni 2025 yilning eng yaxshi transferi dedi

Luka Toni Modrichni 2025 yilning eng yaxshi transferi dedi
Sobiq italiyalik hujumchi Luka Toni Luka Modrichning Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishini 2025 yildagi eng muhim voqea deb hisoblamoqda. "Modrich — 2025 yilning eng muhim transferi, chunki bu boshqa daraja.

Bunday futbolchilar yoshlar bilan hatto tishida sigaret bilan ham bemalol o‘ynay oladi. U Saudiya Arabistoniga ketib, u yerda bir qop pul topishi mumkin edi, ammo pul ishlashni emas, o‘ynashni davom ettirishni afzal ko‘rdi", — deya Tonining so‘zlarini pianetamilan.it keltirdi.

Avvalroq Modrich Madridning "Real" klubida to‘p surgan. U 2018 yilda "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan.

O‘shanda Modrich Xorvatiya terma jamoasini jahon chempionati finaliga olib chiqqan, biroq balkanchilar fransuzlarga yutqazgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luka Toni Modrichni 2025 yilning eng yaxshi transferi dedi