date

Hind kinosining eng mashhur bo‘ydoqi — Salman Xon bugun 60 ga kirdi

Hind kinosining eng mashhur bo‘ydoqi — Salman Xon bugun 60 ga kirdi

Hind kinosining eng mashhur va eng ko‘p muhokama qilinadigan yulduzlaridan biri — Salman Khan bugun, 27-dekabr kuni tavallud ayyomini nishonlamoqda. Aktyor bu yil o‘zining 60 yoshini qarshi oldi.

Salman Xon (to‘liq ismi — Abdul Rashid Salim Salman Xon) 1965-yil 27-dekabrda Hindistonning Madhya-Pradesh shtati, Indaur shahrida tug‘ilgan. Qariyb 40 yillik faoliyati davomida u 100 dan ortiq filmlarda suratga tushib, Bollivud tarixidagi eng nufuzli aktyorlardan biriga aylandi.

Aktyor nafaqat ekranlarda, balki shaxsiy hayoti bilan ham doim e’tibor markazida. Salman Xon hanuzgacha rasman bo‘ydoq bo‘lib, Hindistonda “eng talabgir bo‘ydoq” sifatida tilga olinadi.

U san’atdan tashqari xayriya ishlari bilan ham tanilgan. Aktyor tashkil etgan “Being Human” jamg‘armasi orqali ko‘plab muhtoj insonlarga ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Hind kinosining eng mashhur bo‘ydoqi — Salman Xon bugun 60 ga kirdi