
O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 2025-yil oxiriga kelib 33,1 million kishiga yetib, aholi umumiy sonining 89 foizini tashkil etishi kutilmoqda. Digital 2026: Uzbekistan hisobotiga ko‘ra, mamlakatda internet tezligi sezilarli darajada oshgan: mobil internet tezligi yil davomida 53,4 foizga, statsionar internet tezligi esa 25 foizga o‘sgan.
DataReportal ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 33,9 million faol mobil ulanishlar qayd etilgan bo‘lib, bu jami aholining 91,1 foiziga teng. GSMA Intelligence ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ulanishlarning 95,6 foizi 3G, 4G va 5G texnologiyalariga tegishli.
Faol mobil raqamlar soni bir yil ichida 306 mingga oshgan (+0,9%). Ookla ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda mobil internetning o‘rtacha tezligi 55,5 Mbit/s, statsionar internetning tezligi esa 86,7 Mbit/s ga yetgan.
Bu ko‘rsatkichlar o'tgan yilga nisbatan mos ravishda 53 va 25 foizga oshgan. Hisobot mualliflari 2025-yil oktabridagi ma’lumotlar O‘zbekistondagi raqamli rivojlanish va foydalanuvchilar xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni aks ettirayotganini ta’kidlamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlar bo‘yicha 2025-yil oxirida 14,1 million faol foydalanuvchi qayd etilgan bo‘lib, bu aholining 37,9 foiziga teng. Bu sohada o‘sish yil davomida 4,2 million (+41,7%) tashkil etdi.
DataReportal ma’lumotlariga ko‘ra, Instagram eng ommabop platforma bo‘lib, uning auditoriyasi 14,1 million kishidan iborat. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar faqat reklama qamroviga asoslanib berilgan va real foydalanuvchilar sonini aks ettirmasligi mumkin.
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025-yil oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining umumiy soni 37,2 million kishini tashkil etadi. Ularning yarmidan ko‘pi 27 yoshdan kichik bo‘lib, aholining yarmi shaharlarda yashaydi.
Bu esa internetga kirish imkoniyati va tarmoqlardagi faollikka bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Raqamli infratuzilmaning rivojlanishi va demografik omillar O‘zbekistonda raqamli sohaning o‘sishini ta’minlamoqda.
O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari statistikasi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar