date

«Neftchi» tarkibini kuchaytirdi: Ratinio Farg‘ona klubida

«Neftchi» tarkibini kuchaytirdi: Ratinio Farg‘ona klubida

Farg‘onaning "Neftchi" klubi yangi mavsum oldidan tarkibni mustahkamlash ishlarini davom ettirib, braziliyalik tajribali yarimhimoyachi Ratinio bilan kelishuvga erishganini rasman ma’lum qildi. Tomonlar o‘rtasida ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

29 yoshli legioner Farg‘ona jamoasi safida markaziy chiziqni kuchaytirishi, o‘yin sur’atini oshirishi va hujumda faollik qo‘shishi kutilmoqda. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi uning tajribasi hamda universal o‘yin uslubi jamoa uchun muhim bo‘lishiga ishonch bildirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, futbolchining to‘liq ismi — Jurani Fransisko Fereyra. U 1996 yil 1 oktyabrda Braziliyaning Kavalkante shahrida tug‘ilgan. Professional faoliyatini 2017 yilda «Arapongas» klubida boshlagan Ratinio keyinchalik «Itaberal», «Itabaiana», «Goyas» jamoalarida to‘p surgan.

2019–2020 yillarda u Janubiy Koreyaning «Guanjou» klubida o‘ynagan bo‘lsa, 2021 yildan keyin yana Braziliyada faoliyatini davom ettirib, «Paysandu», «Londrina», «Botafogo-PB», «Retro» va «Maguar» jamoalari sharafini himoya qilgan. 2024 yildan esa u Samarqandning "Dinamo" klubi safida maydonga tushgan.

Ratinio O‘zbekiston Superligasi va mamlakat Kubogi doirasida jami 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urgan va 3 ta samarali uzatma amalga oshirgan. Endi u «Neftchi» bilan yangi sahifa ochib, jamoa oldiga qo‘yilgan yuqori maqsadlar sari hissa qo‘shishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Neftchi» tarkibini kuchaytirdi: Ratinio Farg‘ona klubida