Lukas Vaskes Vinisiusni qo‘llab-quvvatlaganini aytdi

Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Lukas Vaskes Vinisius Juniorning xatti-harakati muhokama qilinayotgan bir paytda u haqda fikr bildirdi. Vaskesning aytishicha, braziliyalik vinger allaqachon yetarlicha yetuk futbolchi va o‘z qilmishlarini o‘zi anglaydi.
«Real»ning sobiq futbolchisi Vinisius faoliyati davomida birga ishlagan eng samimiy va mehribon insonlardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Vaskes Vinisiusning hissiyotga beriluvchanligini uning o‘yin uslubi bilan bog‘ladi.
«Vini — men futbolda uchratgan eng yaxshi insonlardan biri. Odamlar buni bilishini istayman.
Uning yuragi juda katta. O‘ylaymanki, uning fe’l-atvori ma’lum darajada futbol qobiliyatiga ham mos keladi», — deya Vaskesning so‘zlarini AS nashri keltiradi.
Avvalroq braziliyalik futbolchi «Barselona»ga qarshi o‘yinda almashtirilganidan so‘ng jamoa murabbiyi Xabi Alonsoga qo‘l bermagani uchun tanqid qilingandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Real»ning sobiq futbolchisi Vinisius faoliyati davomida birga ishlagan eng samimiy va mehribon insonlardan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, Vaskes Vinisiusning hissiyotga beriluvchanligini uning o‘yin uslubi bilan bog‘ladi.
«Vini — men futbolda uchratgan eng yaxshi insonlardan biri. Odamlar buni bilishini istayman.
Uning yuragi juda katta. O‘ylaymanki, uning fe’l-atvori ma’lum darajada futbol qobiliyatiga ham mos keladi», — deya Vaskesning so‘zlarini AS nashri keltiradi.
Avvalroq braziliyalik futbolchi «Barselona»ga qarshi o‘yinda almashtirilganidan so‘ng jamoa murabbiyi Xabi Alonsoga qo‘l bermagani uchun tanqid qilingandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…