date

Mareska Emerini maqtadi: u «Aston Villa»da fantastik ish qilmoqda

Mareska Emerini maqtadi: u «Aston Villa»da fantastik ish qilmoqda

«Chelsi» bosh murabbiyi Enso Mareska APLning 18-turi arafasida «Aston Villa» ustozi Unai Emerining ishiga yuksak baho berdi. Italiyalik mutaxassisga ko‘ra, birmingemliklarning joriy mavsumdagi katta yutuqlari tasodif emas — bu murabbiyning bosimga qaramay, o‘z falsafasi va ish uslubiga sodiq qolgani samarasidir.

Mareska ta’kidlashicha, «Aston Villa» mavsum boshida qiyin davrni boshdan kechirgan. Dastlabki o‘yinlarda uchta durang va ikki mag‘lubiyat qayd etilganiga qaramasdan, jamoa ruhan sinmadi. Aksincha, Emeri o‘z yo‘lidan qaytmadi va natijada ketma-ket 10 ta g‘alaba qo‘lga kiritildi. Bu zafarlar orasida «Manchester Yunayted» ustidan qo‘lga kiritilgan muhim g‘alaba ham bor.

«Bunday barqarorlik va ishonchli o‘yin har qanday jamoa uchun namuna bo‘la oladi. Biz ham shu yo‘ldan o‘rnak olishimiz kerak», — dedi Mareska. Uning fikricha, murabbiyning shaxsiy qat’iyati va mehnatsevarligi jamoa taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Matbuot anjumanida u Emeri haqida iliq so‘zlar aytirib, shunday dedi: «Unai kabi murabbiylardan o‘rganishga harakat qilaman. U fantastik ish qilyapti, uning mehnatga bo‘lgan munosabati chindan ham hayratlanarli».

Ma’lumot o‘rnida, "Chelsi" hamda "Aston Villa" o‘rtasidagi bahs bugun, 27 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da start oladi va turning eng qiziqarli to‘qnashuvlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mareska Emerini maqtadi: u «Aston Villa»da fantastik ish qilmoqda