
Italiyaning "Napoli" klubida to‘p surgan sobiq himoyachi Kalidu Kulibali bir muddatdan beri Saudiya Arabistonida o‘ynamoqda va bundan mamnun. Uning aytishicha, Saudiya chempionati boshqa ishlar uchun ham ko‘proq bo‘sh vaqt qoldiradi.
"Saudiya Arabistonini tanlab, to‘g‘ri qaror qildim. Birinchidan, hozir menda qo‘shimcha bo‘sh vaqt bor, ikkinchidan esa, vatani Senegalga yordam berish uchun shunday daromad topish imkoniyati paydo bo‘ldi", — deya Kulibalining so‘zlarini calcionapoli1926.it keltiradi.
Kulibali 2014–2022 yillarda "Napoli" sharafini himoya qilgan. Hozir u Saudiya Arabistonida "Al-Hilol" safida o‘ynamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.