Janubiy Koreya Livanni mag‘lub etib, "С" guruhida peshqadamga aylandi

Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi bahslari davom etmoqda. «С» guruhining ikkinchi turida Janubiy Koreya terma jamoasi Livanni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Bahsda Janubiy Koreyaning gollarini Li Xyon-Yon (20’), Jong Jaye-Sang (56’), Kan Seong-Jin (71’) va Kim Te-Von (76’) urgan bo‘lsa, Livan terma jamoasi tomonidan Leonardo Farax Shaxin (13’) va Ali El-Fadl (49’) gol urishdi.
Bu g‘alaba bilan koreyaliklar 4 ochko jamg‘arib, guruhda 3 ochkoga ega bo‘lgan O‘zbekistonni ortda qoldirib, guruh peshqadamiga aylandi. Janubiy Koreya o‘zining oliy maqsadlariga erishish yo‘lida muvaffaqiyatli harakat qilmoqda, Livan esa yaxshi raqobat qilgan bo‘lsa-da, g‘alaba qozona olmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing