
Toshkent shahar hokimligi tashqi reklama o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bo‘yicha ko‘rsatmalarni e’lon qildi. Hujjat faqat my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda rasmiylashtiriladi.
Agar reklama xususiy mulkka o‘rnatilsa, arizachi eskiz, mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va o‘rnatiladigan joyning fotosuratlarini yuklashi lozim. Bunday arizalar 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Avtotransportga reklama joylashtirilganda esa transportning to‘rt tomoni uchun eskiz va avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi ma’lumotlari talab qilinadi. Bu holatda ariza ko‘rib chiqish muddati besh ish kunini tashkil etadi.
Davlat boji miqdori bir bazaviy hisoblash miqdoriga teng bo‘lib, bu 412 ming so‘mni tashkil etadi. Bir kvadrat metrdan katta o‘lchamdagi reklama va transportdagi reklamalar uchun alohida yig‘im belgilangan.
Uning miqdori reklama joylashgan zona va iqtisodiy toifaga qarab o‘zgaradi. Ruxsatnomasiz reklama o‘rnatish qonunbuzarlik hisoblanib, jarimaga tortiladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.