Xotinini to‘yga yubormay, yerto‘laga qamagan erkak qamaldi

1 daqiqa o'qish2.5K
Xotinini to‘yga yubormay, yerto‘laga qamagan erkak qamaldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida xotinini to‘yga yubormaslik uchun yerto‘laga qamab qo‘ygan 41 yoshli sobiq harbiyga sud hukmi chiqarildi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 2025 yil 26 iyul kuni kechqurun u turmush o‘rtog‘i G.S.ni Samarqanddagi qarindoshlar to‘yiga ketmoqchi bo‘lgani uchun zo‘rlik bilan yerto‘laga tushirib, 1 sutka davomida suv va oziq-ovqat bermasdan, g‘ayriqonuniy ozodlikdan mahrum qilgan.

Shuningdek, 2025 yil 31 avgust kuni u bank kartasi “blok” bo‘lganini bahona qilib, xotinini qo‘li va telefon quvvatlagich simi bilan do‘pposlagan. Ekspertiza G.S. tanasining turli joylarida ko‘karishlar borligini tasdiqlagan.

2025 yil 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan sudda erkak aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Sud uni g‘ayriqonuniy ozodlikdan mahrum qilish va oilaviy zo‘ravonlik moddalari bilan aybdor deb topib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Jazoni manzil-koloniyada o‘tashi belgilandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?