Namanganda aliment to‘lamagan otadan 42 mln undirildi

1 daqiqa o'qish172
Namanganda aliment to‘lamagan otadan 42 mln undirildi

Namangan viloyatida aliment to‘lovlarini uzoq vaqt davomida bajarmagan qarzdor otadan katta miqdordagi qarz to‘liq undirildi. Majburiy ijro byurosi Yangi Namangan tumani bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 42 million so‘m aliment qarzi qoplandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan fuqaro M.M. foydasiga bir nafar farzand ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Biroq qarzdor belgilangan majburiyatni uzoq vaqt davomida bajarmagani sababli jami 42 million so‘m qarzdorlik yig‘ilib qolgan.

Davlat ijrochisi qarzdorga qonunchilik talablari, aliment to‘lamaslikning oqibatlari hamda huquqiy javobgarlik masalalarini batafsil tushuntirgan. Shundan so‘ng qarzdor o‘z majburiyatini anglab yetib, aliment bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lab bergan.

MIB organlari voyaga yetmaganlarning manfaatlarini himoya qilish, aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq undirib berish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilayotganini ma’lum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?