date

Wildberries O‘zbekistonda 141,6 mln dollarlik logistik markaz qurmoqchi

Wildberries O‘zbekistonda 141,6 mln dollarlik logistik markaz qurmoqchi
Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Denis Manturovning ma’lum qilishicha, Wildberries kompaniyasi O‘zbekistonda yirik logistik markaz qurishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyiha haqida TASS xabar berdi.

Markazning maydoni 100 ming kvadrat metrni tashkil etadi, investitsiyalar hajmi esa 11 milliard rubl ($141,6 million)dan oshadi. Loyiha ishga tushirilgach, taxminan 7,5 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Majmua bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ishlar kelasi yilning oxiriga qadar yakunlanadi. Denis Manturovning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston mahsulotlarining Rossiya bozoridagi savdo hajmi $605 millionga yetgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Wildberries O‘zbekistonda 141,6 mln dollarlik logistik markaz qurmoqchi