"Gulbadan” qanday qilib Dilnoz Hakimova repertuariga kirgan? (video)

Xonanda Xojiakbar Mallaboyev “Omon-Omon” ko‘rsatuvida bergan intervyusida “Gulbadan” nomli qo‘shig‘ini xonanda Dilnoz Hakimova kuylagani yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Uning aytishicha, Dilnoz Hakimova mazkur qo‘shiqni ijro etish uchun avval shaxsan o‘ziga murojaat qilgan.
“Dilnoz bir kuni, Xojiakbar aka, shu qo‘shig‘ingizni men ham aytsam bo‘ladimi? Juda yoqdi, deb iltimos qildi. Men esa mayli deb rozi bo‘lganman”, — dedi xonanda.
Xojiakbar Mallaboyevning so‘zlariga ko‘ra, hatto o‘g‘lini uylantirgan to‘y marosimida ham Dilnoz Hakimova ishtirok etib, “Gulbadan” qo‘shig‘ini ijro etgan.
“O‘sha to‘yda u xizmatda bo‘lib, qo‘shiqni aytdi. Men esa o‘z qo‘shig‘imga o‘zim o‘ynadim”, — deya esladi u.
So‘z ustida xonanda yana qo‘shimcha qildi:
“Konsert dasturlari paytida ham shu qo‘shig‘ingizni aytsam bo‘ladimi? deb yana so‘ragan. Men yana rozi bo‘lganman. Dilnoz asli uyg‘ur qizi, qo‘shiqni juda yaxshi ko‘rib qolganini aytgan”.
Klip masalasiga to‘xtalar ekan, Xojiakbar Mallaboyev ta’kidladi:
“Klip olish masalasida qiyinchilik bo‘lishi mumkinligini aytganimda, Dilnoz baribir unday katta masshtabda klip ololmayman, dedi. Shuning uchun o‘zim ruxsat berdim”, — dedi u.
Shu bilan birga, xonanda hozirgi kunda ba’zi ijrochilar qo‘shiqlarni ruxsat so‘ramasdan ham kuylashini afsus bilan tilga oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!