Toshkentda davlat tili talabini buzgan reklama olib tashlandi

1 daqiqa o'qish2.8K
Toshkentda davlat tili talabini buzgan reklama olib tashlandi

Toshkent shahrida ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi. Xususan, Toshkent davlat tibbiyot universiteti yaqinida hind tilida yozilgan reklama peshlavhasi o‘rnatilgani haqida tarqalgan xabarlardan so‘ng poytaxt hokimligi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.

O‘rganishlar natijasida mazkur reklama peshlavhasi belgilangan tartibda ruxsat olinmasdan, qonunga zid ravishda joylashtirilgani aniqlandi. Shuningdek, reklamadan axborot berish qoidalariga rioya etilmagani, jumladan, “Davlat tili to‘g‘risida” hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgani qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston hududida joylashtiriladigan barcha reklama materiallari avvalo davlat tilida bo‘lishi shart. Zarurat bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda boshqa tillardan ham foydalanish mumkin, biroq davlat tilidagi matn asosiy va ustuvor hisoblanadi. Shu bilan birga, har qanday reklama tashqi axborot vositalarini joylashtirish uchun tegishli ruxsat hujjatlari talab etiladi.

Aniqlangan qoidabuzarliklar asosida hind tilida yozilgan noqonuniy reklama peshlavhasi belgilangan tartibda demontaj qilindi. Toshkent shahar hokimligi tadbirkorlar va tashkilotlarni reklama bannerlari, peshlavhalar hamda tashqi axborot vositalarini o‘rnatishda qonun talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Shuningdek, bunday holatlar takrorlansa, reklama materiallari olib tashlanishi va mas’ul shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko‘rilishi eslatib o‘tildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?