Toshkentda voyaga yetmaganlarga bosqinchilik qilganlar qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish501
Toshkentda voyaga yetmaganlarga bosqinchilik qilganlar qo‘lga olindi

Toshkent shahrida voyaga yetmagan o‘smirga nisbatan sodir etilgan bosqinchilik jinoyati jamoatchilik orasida katta rezonans uyg‘otdi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu jinoyatni sodir etgan ikki nafar shaxs qisqa muddat ichida qo‘lga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa “Qo‘yliq” kiyim bozorining orqa qismida, daryo bo‘yi hududida sodir bo‘lgan. Voyaga yetmagan Otabek ismli o‘smirga nisbatan kuch ishlatib, bosqinchilik qilingani haqida ichki ishlar organlariga xabar tushgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida gumonlanuvchilar aniqlanib, Bektemir tumanida qo‘lga olingan. Ulardan biri Toshkent viloyatida yashovchi Anvar ismli shaxs, ikkinchisi esa Andijon viloyatidan bo‘lib, muqaddam sudlangan Bahrom ekani ma’lum qilindi.

Gumonlanuvchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, hodisa kuni ular bozor tomon yo‘l olgan bo‘lgan. Shu paytda tasodifan uchragan o‘smir chalg‘itilgan, ortidan esa unga zarba berilgan. “Qilgan ishimdan qattiq afsusdaman”, deya izoh bergan u.

Ayni paytda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud qaroriga asosan qamoq ehtiyot chorasi tanlangan.

Eslatib o‘tish joiz, so‘nggi vaqtlarda mamlakatning turli hududlarida uyushgan va zo‘ravonlikka moyil guruhlarga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bunday jinoyatlarga nisbatan murosasiz munosabatda ekanini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?