Samarqandda fuqarolar manfaati yo‘lida 90,6 mlrd so‘m kompensatsiya undirildi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga kompensatsiya undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, umumiy qiymati 143,7 mlrd. so‘m bo‘lgan 305 ta ijro hujjatlari yuzasidan olib borilgan ijro tadbirlari natijasida 250 ta ijro hujjati bo‘yicha 108,7 mlrd. so‘mlik yakuniy qarorlar qabul qilindi. Ushbu qarorlar ijrosi doirasida 219 ta ijro hujjati bo‘yicha jami 90,6 mlrd. so‘m kompensatsiya mablag‘lari amalda undirilib, da’vogarlarga yetkazib berildi.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud va boshqa vakolatli organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!