date

Barselona Genkdan yosh markaziy himoyachi bilan kelishdi

Barselona Genkdan yosh markaziy himoyachi bilan kelishdi

"Barselona" Belgiya "Genk" klubining markaziy himoyachisi Yuvenlsi Onsteynni safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Insayder Matteo Moretto xabariga ko'ra, tomonlar transfer shartlari bo'yicha kelishuvga yaqin, 18 yoshli futbolchining o'zi ham "ko'k-anorranglilar" taklifiga rozilik bildirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Niderlandiyalik iste'dod hozircha "Genk"ning ikkinchi jamoasi safida to'p suradi va asosiy tarkibda debyut qilmagan. Shunga qaramay, Kataloniya klubi uning salohiyatiga ishonmoqda va futbolchini bosqichma-bosqich o'stirishga qaratilgan uzoq muddatli reja ustida ishlamoqda.

Onsteyn "Yong Genk" safida Belgiya ikkinchi ligasida 20 uchrashuvda maydonga tushgan. Markazda o'ynashdan tashqari, u himoyaning chap qanotida ham harakat qila oladi. Avvalroq u "Ayaks" akademiyasida tahsil olgan, Transfermarkt portali esa futbolchini 200 ming yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Genkdan yosh markaziy himoyachi bilan kelishdi