Barkolyaning bitta goli PSJni peshqadamga aylantirdi

Fransiya chempionatining 19-turida «PSJ» safarda «Oser» mehmoni bo‘ldi. Qattiq kurash va sabr talab qilgan uchrashuvda parijliklar minimal hisobda g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Bahs davomida «Oser» o‘z maydonida oson taslim bo‘lmasligini ko‘rsatdi: jamoa ixcham harakat qildi, himoyada zich o‘ynadi, «PSJ» esa uzoq vaqt hal qiluvchi zarbani topa olmadi. Ammo yuqori klass baribir o‘z so‘zini aytdi.
Uchrashuvning 79-daqiqasida Bredli Barkolya vaziyatdan unumli foydalanib, bahsdagi yagona golni urdi va jamoasiga g‘alaba sovg‘a qildi — 0:1. Qolgan daqiqalarda «PSJ» hisobni asrab qolishga e’tibor qaratdi va vazifani bajardi.
Fransiya chempionati. 19-tur
Oser – PSJ 0:1
Gol: Barkolya 79
Oser – Leon, Si, Diomande, Senaya, Akpa, El Azzouzi, Mensah, Ahamada (Matondo, 46), Danois, Sinayoko, Namaso.
PSJ – Shevale, Zair-Emeri, Zabarniy, Beraldo, Ernandes, Mbaye (Due, 61), Vitinya, Mayulu, Xvicha, Ramush (Dembele, 62), Barkolya.
Shu tariqa, «PSJ» ochkolarini 45 taga yetkazib, turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarildi. «Oser» esa 13 ochko bilan 17-pog‘onada qoldi — pastki qismdagi kurash ular uchun endi yanada qattiqlashadi.