O‘zbekistonda 210 ta AYOQSHda sifatsiz benzin sotilgani aniqlandi

2025 yil boshidan beri O‘zbekistonda 632 ta avtomobil yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYoQSh) tekshirildi. «O‘zenergoinspektsiya» ma’lumotiga ko‘ra, ulardan 210 tasida 8,58 million litr sifatsiz yoqilg‘i aniqlangan.
Qayd etilishicha, sifatsiz benzin savdosi to‘xtatilgan. Oxirgi tekshiruv 26 noyabrdan 2 dekabrga qadar o‘tkazilgan.
Shu vaqt ichida mutaxassislar 90 ta AYoQShni ko‘zdan kechirib, AI-80 markali benzinning 191 namunasi olingan. Natijada 23 ta holatda yoqilg‘i davlat standartlariga mos kelmagan.
Mazkur obyektlarning egalariga mahsulot sifatini tiklash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan va bu talablarning bajarilishi nazoratga olingan. Tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing