date

ChatGPT Free va Go rejimida endi reklamalar qo'yiladi

ChatGPT Free va Go rejimida endi reklamalar qo'yiladi

OpenAI ChatGPT’ning bepul tarifida va ChatGPT Go rejimida reklama ko‘rsatish bo‘yicha sinovlarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi. Kompaniya rasmiy bayonotiga ko‘ra, sinovlar avval AQShda, yaqin haftalarda boshlanadi.

Eng muhim joyi: OpenAI reklama chatbot javoblariga ta’sir qilmasligini aytyapti. Ya’ni “kim ko‘proq pul to‘lasa — o‘sha haq” degan mavzu bo‘lmaydi, reklama javobdan ajratilgan va aniq belgilangan ko‘rinishda chiqadi. Dastlabki bosqichda reklama odatda javoblarning pastki qismida, suhbat mavzusiga mos “sponsorli” taklif bo‘lsa, ko‘rinishi rejalashtirilgan.

Reklama kimlarda bo‘lmaydi? OpenAI bu masalada ham aniq: Plus, Pro, Business, Enterprise (va Edu) obunalarida reklama bo‘lmaydi.

Maxfiylik bo‘yicha ham kompaniya “qalin va’da” berdi: foydalanuvchilarning ChatGPT bilan yozishmalari reklama beruvchilarga sotilmasligi, reklamani shaxsiylashtirishni esa istalgan payt o‘chirib qo‘yish mumkinligi aytilgan. Bundan tashqari, foydalanuvchi reklama nega ko‘rsatilganini ko‘rishi yoki uni bekor qilib sababini yozishi ham mumkin bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » ChatGPT Free va Go rejimida endi reklamalar qo'yiladi