date

Endi TikTok yoshni postdan ham biladi: Yevropada yangi nazorat

Endi TikTok yoshni postdan ham biladi: Yevropada yangi nazorat

TikTok Yevropa Ittifoqida foydalanuvchilarning yoshini aniqlash bo‘yicha yanada kuchli texnologiyalarni joriy etishni boshlamoqchi. Reuters yozishicha, bu qaror regulyatorlar bosimi va bir yillik pilot loyiha natijalaridan keyin qabul qilingan.

Yangi tizim ByteDance’ga foydalanuvchining profil ma’lumotlari, joylagan videolari va turli xulq-atvor signallarini tahlil qilib, akkaunt voyaga yetmagan (ayniqsa 13 yoshdan kichik) bo‘lishi mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Eng muhim nuqta: bunday akkauntlar avtomatik “ban” bo‘lib ketmaydi — avval maxsus moderatorlar tekshiradi.

Agar foydalanuvchi noto‘g‘ri yoshda deb belgilansa, apellyatsiya mexanizmlari ham bor: manbalarda yuz orqali yoshni taxminlash (masalan, Yoti), bank karta tekshiruvi yoki hujjat bilan tasdiqlash kabi usullar tilga olinadi.

Bu fon’da Yevropada bolalarni onlaynda himoyalash bo‘yicha siyosiy bosim ham kuchaygan: Yevropa Parlamenti 2025-yil noyabrida voyaga yetmaganlarni himoya qilish uchun ijtimoiy tarmoqlarga 16 yoshgacha cheklov (13–16 oralig‘ida ota-ona roziligi, 13 yoshdan kichiklarga esa qat’iy taqiq) kabi takliflarni qo‘llab-quvvatlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Endi TikTok yoshni postdan ham biladi: Yevropada yangi nazorat