date

Voyaga yetmaganlarga onlayn to'lovlar uchun ruxsat beriladi

Voyaga yetmaganlarga onlayn to'lovlar uchun ruxsat beriladi

O‘zbekiston Markaziy banki voyaga yetmaganlarga onlayn to‘lovlarni amalga oshirishga imkoniyat beradigan ko‘rsatmalarni banklarga yubordi. Bu haqdagi ma’lumot regulyatorning rasmiy saytida e’lon qilindi.

Regulyator matbuot xizmati ma’lum qilishicha, yaqin orada 18 yoshga to‘lmagan fuqarolar bank kartalaridagi mablag‘lardan bank ilovalari yoki to‘lov xizmatlari orqali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bungacha O‘znet foydalanuvchilari voyaga yetmaganlar uchun bank kartalarini rasmiylashtirishda biometrik ma’lumotlar va ilovalarga ulashda muammolar yuzaga kelganini bildirgan edi.

Regulyatorning qayd etishicha, kartalar bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish maqsadida banklar va to‘lov xizmatlari yangi ro‘yxatdan o‘tish, parolni tiklash va boshqa qurilmadan akkauntga kirishda Face-ID funksiyasini joriy etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Voyaga yetmaganlarga onlayn to'lovlar uchun ruxsat beriladi