Farg‘onada $50 mlnlik agrologistika markazi qurilishi boshlandi

Farg‘ona viloyati Quva tumanida qiymati $50 mln bo‘lgan O‘zbekiston-Rossiya agrologistika markazi qurilishi boshlandi, deb xabar berdi hokimlik. Majmua tarkibida yiliga 20 ming tonna meva va sabzavotni qayta ishlash sexi hamda hosilni saqlash uchun omborlar quriladi.
Markaz 500 ta yangi ish o‘rni yaratadi va har yili $100 mlngacha mahsulot eksport qilish imkonini beradi. Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenko onlayn formatda ishlarni boshlash marosimini o‘tkazib, ilk g‘ishtni qo‘yishdi.
Ular ushbu logistika markazi fermerlarga mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya va boshqa davlatlarga yetkazishga yordam berishini ta’kidlashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing