date

Rossiyaliklar uchun O‘zbekistonda dam olish qanchaga tushadi?

Rossiyaliklar uchun O‘zbekistonda dam olish qanchaga tushadi?

O‘zbekiston 2025 yilda Rossiya sayyohlari uchun eng arzon yo‘nalishlar ro‘yxatiga kirdi. "Tut-u" servisi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda ikki kishilik bir haftalik dam olish o‘rtacha 105 ming rubl yoki 16,4 million so‘mga tushadi.

Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Yaqin xorij davlatlari orasida O‘zbekiston narxlar bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi.

Mutassaddilar eng arzon dam olish Belarusda – 61 ming rubl (9,5 million so‘m), Qozog‘istonda – 70 ming rubl (11 million so‘m), Gruziyada – 93 ming rubl (14,5 million so‘m) va Armanistonda – 96 ming rubl (15 million so‘m) ekanligini qayd etishgan.

Rossiyalik sayyohlar uchun eng qimmat yo‘nalishlar Kolumbiya, Peru va Chili bo‘lib, bu mamlakatlarda bir haftalik dam olish 300 ming rubl (46,9 million so‘m) va undan yuqori narxga tushadi.

"Bizning prognozlarimizga ko‘ra, 2026-yilda Xitoy arzon yo‘nalishlar ro‘yxatidan joy olishi mumkin, chunki bu mamlakatga bo‘lgan talab, ayniqsa, Yangi yil bayramlari arafasida o‘sib bormoqda", – deya izoh berdi "Tut-u" aviabozorini rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Artyom Kuzmin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyaliklar uchun O‘zbekistonda dam olish qanchaga tushadi?