
2025 yil 11 dekabrdan Toshkent metrosida to‘rt stansiyada vestibyllar faoliyati qayta tiklanadi. Bu haqda poytaxt metropoliteni matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shahar aholisi uchun «O‘zbekiston», «Mashinasozlar», «G‘afur G‘ulom» va «Milliy bog‘» stansiyalarining vestibyllari ochiq bo‘ladi. Avvalroq ushbu vestibyllar ta’mirlash ishlari uchun yopilgan edi.
«Hozirda ushbu vestibyllarda barcha texnik ishlar yakunlangan va stansiyalar zamonaviy texnik uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan», — deya ta’kidlashdi poytaxt metropoliteni vakillari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.