date

Toshkentda qish mavsumiga 586 ta texnika tayyorlandi

Toshkentda qish mavsumiga 586 ta texnika tayyorlandi
Toshkentda qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida past harorat va favqulodda vaziyatlarda ishlash uchun mo‘ljallangan 586 ta maxsus texnika rejali ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.

Ko‘rik Yashnobod tumanidagi “Texnopark” majmuasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda energetika vaziri Jorabek Mirzamahmudov va Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov ishtirok etdi.

Ko‘rik davomida texnikaning ishlash holati, to‘liq jihozlanganligi va tunu kun xizmatga tayyorligi baholandi. Shu bilan birga, texnika va avariya resurslarini shahar bo‘ylab taqsimlash tartibi tahlil qilinib, muvofiqlashtirilgan xizmatni ta’minlash chorasi ko‘rildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qish mavsumiga 586 ta texnika tayyorlandi