date

BTS guruhi Meksikani larzaga soldi: chiptalar tugab qolishi va rekord talab

BTS guruhi Meksikani larzaga soldi: chiptalar tugab qolishi va rekord talab

To‘rt yillik tanaffusdan so‘ng BTS sahnaga qaytishi fonida guruhning dunyo bo‘ylab turiga qiziqish keskin oshdi. Ayniqsa, Meksikadagi konsertlarga talab nihoyatda yuqori bo‘layotgani aytilmoqda. Shu sababli Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Janubiy Koreya prezidenti nomiga murojaat yo‘llab, Meksikada qo‘shimcha konsertlar tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Sheynbaumning ta’kidlashicha, u Koreya prezidentiga xat yozgan, biroq hozircha javob kelmagan. Shunga qaramay, Meksika tomoni ijobiy yechim bo‘lishiga umid qilmoqda. Rejaga ko‘ra, BTS may oyida Mexiko shahrida uchta konsert berishi belgilangan.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, ushbu konsertlar uchun chiptalar 40 daqiqadan ham kam vaqt ichida to‘liq sotilib ketgan. Taxminan 1 million muxlis 150 ming dona chipta uchun raqobat qilgani aytiladi. Rasmiy platformada chiptalar narxi 100 dollardan 1 030 dollargacha bo‘lgan bo‘lsa, qayta sotuv maydonlarida narxlar 5 300 dollardan ham yuqoriga ko‘tarilgani qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » BTS guruhi Meksikani larzaga soldi: chiptalar tugab qolishi va rekord talab