
Oʻzbekistonda milliy bayramlarni oʻtkazish jarayoniga gʻoyaviy hamda maʼnaviy jihatdan yanada kuchli mazmun berish rejalashtirilmoqda. Hukumat tomonidan maʼqullangan tegishli qarorga koʻra, har bir bayram uchun alohida uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqiladi. Bu haqda kursiv.uz beradi.
Hujjatda qayd etilishicha, mamlakatda 50 dan ortiq umumxalq bayramlari nishonlanadi. Shu munosabat bilan har bir sana uchun oʻziga xos musiqiy ohanglar, bezaklar va bayramona dizayn yechimlari tayyorlanishi koʻzda tutilgan.
Bayram tadbirlari doirasida interaktiv uchrashuv va chiqishlar tashkil etilib, ularda yutuqlarga erishgan yoshlar namuna sifatida taqdim etiladi. Shuningdek, “Eng iqtidorli yosh” aksiyasi-shousi kabi loyihalar ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, respublikada bayram tadbirlariga bagʻishlangan kitoblar tayyorlanib nashr etiladi. Ular orasida “Oʻzbekiston bayramlari” nomli toʻplam ham boʻlishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.