date

Gvardiola: "Safardagi g‘alaba jamoa xarakteri belgisi"

Gvardiola: "Safardagi g‘alaba jamoa xarakteri belgisi"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 18-turi doirasida safarda "Nottingem Forest" ustidan qo‘lga kiritilgan muhim g‘alabadan keyin o‘yin haqida samimiy fikrlar bildirdi.

Ispaniyalik mutaxassis o‘ziga xos hazil bilan boshladi: “Rojdestvoda yig‘ilgan barcha ortiqcha vaznni aynan shu o‘yinda tashladim. Yana o‘z holatimga qaytdim”, — dedi u. Gvardiolaning ta’kidlashicha, bu uch ochko jamoa uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

U raqib jamoaning saviyasini alohida e’tirof etdi. “Nottingem Forest” hozirda juda kuchli va yaxshi tashkil etilgan jamoa ekanini ta’kidlab, ularning joriy mavsumdagi o‘yinini “aqlbovar qilmas” deb atadi. Gvardiolaning so‘zlariga ko‘ra, jamoa tarkibi sifatli futbolchilardan iborat, yakkakurashlarda ustunlik yuqori, o‘tgan mavsumda esa bor-yo‘g‘i bir necha ochko ularni Chempionlar ligasidan chetda qoldirgan.

Mutaxassis qish faslida, ayniqsa, safarda bunday jamoaga qarshi o‘ynash juda og‘ir sinov ekanini yashirmadi. “Agar bu o‘yinga ruhan va jismonan tayyor bo‘lmaganimizda, g‘alaba qozonish imkonsiz edi”, — dedi u.

Taktik o‘zgarishlarga to‘xtalgan Gvardiola maydon markazida tiqilinch ko‘payganini, shu bois himoyadan tezkor chiqish va qanotlar orqali keng o‘ynashga o‘tishganini aytdi. Aynan shu yechimlardan keyin xavfli vaziyatlar yaratila boshlangan.

Peshqadamlik masalasida esa u ehtiyotkor fikr bildirdi. “Biz 18 ta o‘yin o‘tkazdik, lekin oldinda hali juda ko‘p bahslar bor. Premer-liga yil sayin yanada kuchayib bormoqda. Bugungi g‘alaba yoki mag‘lubiyat hal qiluvchi emas”, — dedi Gvardiola.

Xulosa qilib, murabbiy jamoaning mentaliteti yuqori ekanini ta’kidladi va futbolchilarning qiyin safarda ko‘rsatgan irodasidan mamnun ekanini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: "Safardagi g‘alaba jamoa xarakteri belgisi"