
O‘zbekiston hududida milliy valyuta — so‘mga nisbatan hurmatsizlik qilgan xorijiy fuqarolar qonun oldida javobgarlikka tortildi. Xitoy fuqarolari bo‘lgan ayrim ishchilar O‘zbekistonning rasmiy pul birligini yoqib, sigaret tutatgani aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli huquqiy baholash ishlari olib borilib, qonunbuzarlardan rasmiy uzr so‘rattirildi. Shuningdek, ularga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanildi.
Ma’lum qilinishicha, har bir qonunbuzarga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima tayinlangan. Umumiy hisobda jarima summasi 41 million so‘mni tashkil etgan.
Mutasaddilar ta’kidlashicha, milliy valyuta davlat ramzlaridan biri hisoblanadi va unga nisbatan bunday munosabat qonunchilikka zid hisoblanadi. Shu bois, fuqaroligidan qat’i nazar, barcha shaxslar O‘zbekiston qonunlariga rioya etishi shart.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.