“Ota hayit bayramidabolasini urdi” degan videoga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Angren shahrida ota o‘z farzandini kaltaklagani haqida tarqalgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea hayit bayrami kuni sodir bo‘lgan. Ota ikki nafar farzandini sayr uchun xiyobonga olib chiqqan. Qaytish vaqtida katta farzandi yo‘l tomon yugurib chiqmoqchi bo‘lgan va otasi uni to‘xtatish uchun qo‘li bilan ushlab qolgan.
Shu jarayonda otaning qo‘li bolaning yuz qismiga tegib ketgani va uning burni qonagani aytilmoqda. Keyinchalik atrofdagilar ushbu holatni noto‘g‘ri talqin qilib, videoni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
O‘rganishlar davomida bolaning onasi ham izoh berib, turmush o‘rtog‘i tomonidan farzandlariga nisbatan avval zo‘ravonlik yoki tazyiq holatlari kuzatilmaganini ma’lum qilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarqalgan talqinlar haqiqatga mos kelmasligini bildirib, fuqarolarni tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!