date

Tadbirkor foydasiga 750 mln. so‘m mablag‘ undirildi

Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “R.T.S” MCHJdan undiruvchi “T.A.” MCHJ foydasiga jami 756 million 414 ming so‘m undirish haqidagi ijro ishi yuritilgan.

Ijro hujjati yuzasidan qarzdorga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun belgilangan muddat berilgan. Biroq, ushbu muddat davomida qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning bank hisob raqamlari hamda jamiyat balansida mavjud mol-mulklariga qonunchilikda belgilangan tartibda taqiq qo‘yildi.

Shuningdek, hamkor tashkilotlar bilan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli avtotransport vositasi qidiruv orqali aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Qo‘llanilgan majburiy ijro choralari natijasini anglagan qarzdor tomonidan mavjud qarzdorlik to‘liq qoplandi.

Undirilgan mablag‘lar undiruvchi hisob raqamiga o‘tkazilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor foydasiga 750 mln. so‘m mablag‘ undirildi