date

Toshkentda yo‘nalishli taksi haydovchilaridan pul undirishda gumonlanganlar ushlandi

Toshkentda yo‘nalishli taksi haydovchilaridan pul undirishda gumonlanganlar ushlandi

Toshkentning Yashnobod tumanida yo‘nalishli taksi haydovchilaridan pul talab qilib kelgan shaxslarga nisbatan tezkor chora ko‘rildi. Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilar ushlandi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Qayd etilishicha, guruhga 37 yoshli Sherzod Alimqulov (laqabi — “Bychok”) boshchilik qilgan. U avval ham uch marotaba sudlangan.

Gumonlanuvchilar haydovchilarni qo‘rqitib, ayrim yo‘nalishlarda qatnovni to‘xtatishga uringan. Holatlardan birida ular Damas egasini kaltaklab, avtomashinani tortib olgani aytilmoqda.

Shuningdek, vaziyat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan haydovchi ham jismoniy zo‘ravonlik bilan tahdid qilinib, tazyiqqa uchragani bildirildi.

IIV jabrlanganlarni huquq-tartibot organlariga murojaat qilishga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishga chaqirdi. Murojaat qilganlarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda yo‘nalishli taksi haydovchilaridan pul undirishda gumonlanganlar ushlandi