date

Samarqandda rostdan ham 15 yoshli bola uylandimi?

Samarqandda rostdan ham 15 yoshli bola uylandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda 15 yoshli bola uylangani aks etgan videolar keng tarqaldi. Ushbu holat Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, video Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro N.A. tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan. Videoning birinchi qismi 2025 yil noyabr oyida “Obid Nur” to‘yxonasida olingan, qolgan kadrlari esa boshqa — “Shomgul” to‘yxonasida tasvirga olingan.

N.A. ikki joyda olingan videolarni montaj qilib, bitta to‘ydek ko‘rsatgan va uni shunchaki obunachilar sonini oshirish uchun, “prank” sifatida e’lon qilgan. Hozirda holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda rostdan ham 15 yoshli bola uylandimi?