date

Liverpool muhim himoyachisini mavsum oxirida yo'qotishi mumkin

Liverpool muhim himoyachisini mavsum oxirida yo'qotishi mumkin

“Liverpul” markaziy himoyachisi Ibraima Konate joriy mavsum yakunlangach klubni tark etishga yaqin. Bu haqda insayder Devid Ornshteyn ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, tomonlar yangi shartnoma borasida muzokaralarda sezilarli siljishga erisha olmagan. Konatening “qizillar” bilan amaldagi kelishuvi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Avvalroq matbuotda fransuz futbolchisiga Madridning “Real”i va Kataloniyaning “Barselona”si qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Joriy Angliya Premer-ligasi mavsumida 26 yoshli Konate 21 uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta sariq kartochka oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpool muhim himoyachisini mavsum oxirida yo'qotishi mumkin