Munisa Rizayevadan hayotiy haqiqat: hech kimga bu dunyo mazza emas (video)

Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Instagram sahifasiga uch kun avval joylagan video postida turmush o‘rtog‘ining sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar borligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i birinchi operatsiyani boshdan kechirgan, hozircha faqat sho‘rva ichishi mumkin. Shuningdek, ertaga ikkinchi operatsiya ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Video davomida Munisa muxlislar orasida tez-tez uchraydigan “sizlarda hamma narsa bor, hayotingiz faqat mazza” degan fikrlarga ham munosabat bildirdi. U bu borada shunday dedi:
“Ko‘pchilik mashhurlar hayoti faqat quvonchdan iborat deb o‘ylaydi. Aslida esa bizning ham muammolarimiz juda ko‘p bo‘ladi. Alloh har bir bandaga o‘ziga yarasha sinov beradi. Shuning uchun bu dunyo hech kim uchun faqat mazza emas.”
Xonandaning keyingi joylagan videosida esa turmush o‘rtog‘i shifoxonadan uyga qaytganini bildirib, og‘ir damlarda qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislariga samimiy minnatdorchilik izhor etdi.