date

Jizzaxda piyodalar yo‘lakchasida YTH: tezlikda kelayotgan mashina qizni urib yubordi

Jizzaxda piyodalar yo‘lakchasida YTH: tezlikda kelayotgan mashina qizni urib yubordi

Jizzax shahrida piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan qizni yuqori tezlikda kelayotgan avtomobil urib yuborgani oqibatida fojia yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan videolavha keng tarqalganidan so‘ng, viloyat YHXB matbuot xizmati hodisa 2025 yil 7 dekabr kuni sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Video tasvirlarda piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ikki qizdan birini mashina urib yuborib, uzoqqa uchirib ketgani ko‘rinadi. Jabrlanuvchi qiz og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 2025 yil 20 dekabr kuni vafot etgani aytilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinmagani sababli yuz bergan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchi qonunda belgilangan tartibda ushlangan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda piyodalar yo‘lakchasida YTH: tezlikda kelayotgan mashina qizni urib yubordi