date

Bosh prokuratura qurilishdagi qoidabuzarliklar sabab 115 uyni buzish tashabbusini bildirdi

Bosh prokuratura qurilishdagi qoidabuzarliklar sabab 115 uyni buzish tashabbusini bildirdi

Oʻzbekistonda qurilish va rekonstruksiya jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar ortidan 115 ta uyni buzish masalasi ko‘tarildi. Bu haqda bosh prokuror o‘rinbosari Dilmurod Qosimov ma’lum qildi.

Shuningdek, binolarning seysmik talablariga mos kelmasligi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar 98 ta jinoyat ishini qo‘zg‘atgan.

Qosimovning aytishicha, 2017–2025 yillar davomida mamlakat bo‘yicha 11,8 mingta ko‘p qavatli uy-joylarning zilzilabardoshligi tekshirildi. Nazorat ishlari davomida 185 ta binoda qo‘shimcha qavatlar noqonuniy qurib qo‘yilgani, yana 1,4 mingta turar joy esa belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagani aniqlangan.

Prokuratura 85 ta loyiha tashkilotiga nisbatan choralar ko‘rish bo‘yicha taqdimnoma kiritgan, shundan 8 tasining litsenziyasi bekor qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura qurilishdagi qoidabuzarliklar sabab 115 uyni buzish tashabbusini bildirdi