date

Кompaniyalar talabalar kontraktini toʻlab, bitirgach ishga olishi mumkin

Кompaniyalar talabalar kontraktini toʻlab, bitirgach ishga olishi mumkin

Oʻzbekistonda ish beruvchilarga talabalarning oʻqish xarajatlarini qoplab berish va universitetni tugatgach ularni ishga qabul qilish imkonini beradigan yangi hamkorlik tartibi joriy etildi. Vazirlar Mahkamasi oliy taʼlim muassasalari, talabalar va korxonalar oʻrtasidagi hamkorlik mexanizmini tasdiqladi.

Yangi tartib bakalavriatning 2-kursidan boshlab taʼlim olayotgan talabalarga taalluqli. Kompaniya talabani “homiylik”ka olib, uning kontrakt pulini toʻlaydi, bitiruvdan keyin esa uni ish bilan taʼminlaydi. Buning uchun talaba, OTM va buyurtmachi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.

Buyurtmachi sifatida vazirlik va idoralar, shuningdek xodimlari soni 50 nafardan ko‘p bo‘lgan kompaniyalar yoki qiymati kamida 1 mln dollarlik investitsiya loyihasiga ega tashkilotlar qatnashishi mumkin.

Dasturda ishtirok etish uchun talaba 20 sentyabrga qadar o‘z OTMiga elektron ariza topshirib, o‘qishdagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha maʼlumotnomani ilova qiladi. Minimal GPA talabi — 3.

Saralash jarayoni 15 oktyabrgacha suhbat shaklida o‘tkaziladi. Hal qiluvchi mezon sifatida kompaniya vakilining xulosasi olinadi. Shartnoma imzolab, o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar buyurtmachi kompaniyaga ishga qabul qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Кompaniyalar talabalar kontraktini toʻlab, bitirgach ishga olishi mumkin