date

2025 yilning 11 oyida qancha o‘zbekistonlik AQSH vizasini oldi?

2025 yilning 11 oyida qancha o‘zbekistonlik AQSH vizasini oldi?

2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, AQSHga viza olgan O‘zbekiston fuqarolari soni 15,2 mingni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 1,2 mingga ko‘p.

Hisobot davrida AQSHga borishning eng asosiy sababi turizm bo‘lgan: 11 oy davomida 10,8 ming kishi sayohat maqsadida yo‘lga chiqqan.

Shuningdek, 3,7 mingdan ortiq fuqaro qarindoshlari bilan uchrashish uchun AQSHga borgan. Ta’lim olish niyatida 333 kishi, xizmat safari bilan esa 307 kishi safar qilgan.

Davolanish uchun AQSHni tanlagan O‘zbekiston fuqarolari soni 28 nafarni tashkil etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 2025 yilning 11 oyida qancha o‘zbekistonlik AQSH vizasini oldi?