date

Nashriyotdan nashriyot foydasiga qarz undirish choralari ko‘rilmoqda

Nashriyotdan nashriyot foydasiga qarz undirish choralari ko‘rilmoqda

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2025 yil 4 avgustdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Sh.Z.” MCHJdan undiruvchi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi foydasiga 46,7 mln. so‘m asosiy qarz va 9,3 mln. so‘m penya, jami 56,1 mln. so‘m qarz undirish belgilangan.

Ijro hujjati 28.10.2025 yilda Majburiy ijro byurosining Mirobod tuman bo‘limi tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, qarzdorga 5 kunlik ixtiyoriy to‘lov muddati berilgan.

Belgilangan muddatda qarz to‘lanmagani sababli majburiy ijro choralari qo‘llanildi. Xususan, qarzdorga tegishli avtotransport vositalari aniqlandi, “Damas” rusumli avtomobil xatlanib, realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur avtotransport vositasi onlayn-auksion orqali sotilib, tushgan mablag‘lar qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.

Ushbu holat nashriyotlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarish muhim ekanini, aks holda qarz sud va ijro organlari orqali majburiy undirilishini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Nashriyotdan nashriyot foydasiga qarz undirish choralari ko‘rilmoqda