date

Misr qulupnayi Oʻzbekiston doʻkonlari peshtaxtalarida paydo bo‘ladi

Misr qulupnayi Oʻzbekiston doʻkonlari peshtaxtalarida paydo bo‘ladi

Misrda yetishtirilgan qulupnay O‘zbekistonga yetkazib berila boshlaydi. Bu haqda Sada El-Balad nashriga tayanib kursiv.uz xabar beradi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent va Qohira mahsulot xavfsizligiga doir barcha talablarni kelishib olgan. Misr qishloq xo‘jaligi vaziri Alaa Faruk yangi bozorga kirish mahalliy mahsulotlar sifati yuqoriligini tasdiqlashini ta’kidladi.

O‘tgan yili Misr qulupnay eksporti geografiyasini kengaytirib, Meksika va Filippin bozorlariga ham chiqdi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat xorijga 62 ming tonnadan ortiq qulupnay jo‘natib, tarixiy rekord qayd etdi.

Endilikda misrlik ishlab chiqaruvchilar Markaziy Osiyoda o‘z mavqeini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Misr qulupnayi Oʻzbekiston doʻkonlari peshtaxtalarida paydo bo‘ladi