Fond bozori Ipoteka-bank aksiyalari bir haftada 82 foizga oshdi

9–16 yanvar kunlari fond bozorida eng keskin o‘sish «Ipoteka-bank» aksiyalarida kuzatildi: qimmatli qog‘ozlar bir hafta ichida 82,39%ga qimmatlashdi. Shu davrda UCI aksiyalar indeksi ham 3,43%ga ko‘tarildi.
Hafta davomida «Aloqabank»ning oddiy aksiyalari 43,18%ga, «O‘zsanoatqurilishbank»ning oddiy aksiyalari esa 40,31%ga oshdi. Eng katta pasayish «O‘zbekgeofizika» aksiyalarida qayd etilib, ular 2,93%ga arzonladi. UzAuto Motors aksiyalari 1,85%ga, «O‘zsanoatqurilishbank»ning imtiyozli aksiyalari 1,83%ga tushdi.
«Biznesni rivojlantirish banki» aksiyalari narxi o‘zgarishsiz qoldi. Yuqori likvidli aksiyalar kesimida 24 ta qimmatli qog‘oz hafta yakunini o‘sish bilan yopgan bo‘lsa, bittasida o‘zgarish bo‘lmadi, to‘rttasi esa pasayish ko‘rsatdi.
Taqqoslash uchun, undan avvalgi haftada UCI indeksi 0,95%ga o‘sgan, o‘shanda o‘sish bo‘yicha yetakchi «O‘zsanoatqurilishbank» bo‘lib, ko‘rsatkich 75,48%ni tashkil etgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!