O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi 2025 yilda qanchaga oshdi?

2025 yil yakunlariga ko'ra, O'zbekistonda ishbilarmonlik faolligi barqaror o'sishni namoyon etdi: yil davomida indeks 9,8 foizga ko'tarildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma'lum qildi.
Hisobot davrida O'zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasidagi savdolar hajmi 85,2 trln so'mni tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan 17 foizga oshdi.
Faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 9,4 foizga ko'paydi va 2026 yil boshiga kelib 496,2 mingtaga yetdi. O'sish asosan kichik hamda yirik biznes hisobiga ta'minlandi. Shu bilan birga, fermer xo'jaliklari soni biroz qisqarib, 91,7 mingdan 88,3 mingtagacha kamaydi.
O'tgan yilda jami 75,7 mln ta to'lov operatsiyasi amalga oshirildi — bu 2024 yil ko'rsatkichidan 1 foizga kam. Kompaniyalar tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan yangi tovar belgilari soni 4,6 mingdan oshgan bo'lsa-da, bu ham yiliga nisbatan 6,4 foizga past natija qayd etdi.
2025 yil dekabr oyida ishbilarmonlik faolligi indeksi 1 067 punktgacha ko'tarilib, noyabrga nisbatan 6,7 foiz o'sdi. Ijobiy dinamika mamlakatning barcha hududlarida kuzatildi, eng sezilarli o'sish Qashqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!