O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "2017-2021 yillarda er osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Keyingi o‘n yilliklarda sanoat va qishloq xo‘jaligining jadal sur’atda rivojlanishi chuchuk er osti suvlari holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa o‘z navbatida suv zaxiralari hajmining sezilarli darajada qisqarishi hamda suv olish inshootlarining ruxsatsiz qurilishiga, suvni nazoratsiz olish oqibatida esa ayrim manbalarda suv zaxiralarining keskin kamayishi va tugashiga olib keldi, deya ta’kidlanadi hujjat sharhida.
Respublikaning ayrim hududlarida er yuzasidagi suvlarni chiqarib tashlash va drenaj tizimlarining qoniqarsiz holati, er osti suvlari sathining intensiv ko‘tarilishi, shuningdek, rejali tarzda gidrogeologik monitoring olib borilmagani oqibatida ayrim shaharlar va aholi punktlarida er osti suvlari sathining er yuzasiga yaqinlashishi kuzatilmoqda.
Muhim jihati shundaki, shu yilning fevral-mart oylarida 10 mingdan ortiq suv qudug‘i bo‘yicha o‘tkazilgan xatlov natijalari aytib o‘tilgan salbiy omillarning er osti suvlari holatiga ta’siri davom etayotganidan dalolat beradi. Xatlov 60 foizdan ortiq quduqlardan er osti suvlari nazoratsiz olinayotgani hamda ularning ifloslanishi va zaxiralarining kamayishi davom etayotganini, 59 foiz er osti suvlari tasdiqlanmagan zaxiralardan olinayotganini yaqqol ko‘rsatdi
Bugungi kunda O‘zbekistondagi 69 ta shahar, 335 ta posyolka va 2902 ta qishloq aholi punkti aholisining ehtiyojlari er osti suvlari zaxiralari hisobiga qondirilmoqda.
Hujjatda ta’kidlanishicha, er osti suvlari monitoringining amaldagi tizimi suv manbalarining ifloslanishiga, er osti suvlari zaxiralarining kamayishiga va ba’zi aholi punktlarida er osti suvlari sathining ko‘tarilishiga olib keluvchi salbiy omillarni o‘z vaqtida va to‘laqonli baholash imkonini bermayapti.
Ichimlik suvi taqchil bo‘lgan ayrim hududlarda suvni chuchuklashtirish bo‘yicha zamonaviy qurilmalar etarli darajada joriy etilmaganini, suvni chuchuklashtirish uchun kerak bo‘ladigan uskuna va qurilmalarni ishlab chiqarish borasida mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmayapti.
Qaror bilan er osti suvlarini hisobga olish va ulardan foydalanish yuzasidan nazorat va hisob-kitobning ta’minlanishi uchun vakolatli davlat organlarining hamda suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining suv resurslaridan oqilona foydalanish, olinayotgan suv hajmini to‘laqonli tarzda hisobga olish, shuningdek, ularning ifloslanishi va kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda er osti suvlari zaxiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga olishni tartibga solish chora-tadbirlari dasturi sohada muhim o‘rin tutadi.
Dasturni moliyalashtirish uchun Davlat byudjeti, xalqaro moliyaviy institutlar va mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan 396 milliard so‘m yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga 2021 yilning oxirigacha 500 ta avtomatlashtirilgan kuzatuv tizimini o‘rnatish hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda barcha suv manbalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini tayyorlagan holda er osti suvlari monitoringi kuzatuv punktlarining samarali tarmog‘ini yaratish vazifasi topshirildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi korxonalarini mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab Toshkent irrigasiya va meliorasiya institutida "Meliorativ gidrogeologiya" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»