date

Xitoy 2027 yilgacha “sun’iy quyosh”ni ishga tushirmoqchi

Xitoy 2027 yilgacha “sun’iy quyosh”ni ishga tushirmoqchi

Xitoy 2027 yilgacha yadro sintezi asosida ishlaydigan “sun’iy quyosh” loyihasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Burning Plasma Experimental Superconducting Tokamak (BEST) nomi bilan tanilgan bu ulkan loyiha mamlakatning yadro energiyasi bo‘yicha ko‘p yillik izlanishlarining davomi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — Quyoshning ichki qatlamlaridagi energiya jarayonini yerda takrorlash va cheksiz toza energiya manbaini yaratishdan iborat.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy olimlari 2025 yilda Xefey shahridagi Experimental Advanced Superconducting Tokamak (EAST) qurilmasi orqali plazmani 1000 sekunddan ziyod vaqt davomida yuqori haroratda barqaror ushlab turishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu ilmiy yutuq yadro sintezi bo‘yicha katta qadam sifatida baholangan.

Biroq ekspertlar hali bu texnologiya amalda to‘liq energiya manbaiga aylana olmaganini ta’kidlamoqda. Hozircha reaktor sarflaganidan ko‘proq energiya ishlab chiqarish darajasiga yetmagan. Shuningdek, materiallar chidamliligi va jarayonni sanoat miqyosida barqarorlashtirish kabi muammolar hamon hal etilishi lozim.

Agar Xitoy 2027 yilgacha “sun’iy quyosh”ni muvaffaqiyatli ishga tushira olsa, bu jahon energetika tizimidagi eng katta inqiloblardan biriga aylanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy 2027 yilgacha “sun’iy quyosh”ni ishga tushirmoqchi