Olmazorda avtomobil ortilgan yuk mashinasi tunnelga tiqilib qoldi

1 daqiqa o'qish825
Olmazorda avtomobil ortilgan yuk mashinasi tunnelga tiqilib qoldi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida 26 oktyabr kuni soat 16:30 larda noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar berdi shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi X.A. boshqarayotgan CHAKMAN rusumli yuk mashinasi trellarga ortilgan bir nechta avtomobil bilan harakatlanar ekan, tonnel ostidagi elektron monitorning pastki qismiga urilib tiqilib qolgan.

Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Biroq yuk mashinasi va undagi avtomobillar qisman zarar ko‘rgan.

Ayni paytda, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan hodisa sabablarini aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar haydovchilarga yo‘ldagi balandlik cheklovlariga qat’iy rioya qilish zarurligini, ayniqsa yirik yuk mashinalari bilan tonnel va ko‘priklardan o‘tishda ehtiyotkor bo‘lish lozimligini eslatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?