date

Andijonda 10-sinf o'quvchisi jinoyat bilan shug'ullangan


Andijonda 10-sinfda tahsil olayotgan o'quvchi qiz noqonuniy faoliyat bilan shug'ullangani ma'lum bo'ldi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar orqali xabar tarqaldi.

Andijon maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ushbu suratlarda haqiqatdan ham 2008-yilda tug'ilgan va Andijon shahar maktablaridan birida o'qigan o'quvchi qiz tasvirlangani haqida tasdiq berdi. Mazkur suratlar 2024-yilning yozida olingan.

O'quvchi qiz muntazam darslarni qoldirgani tufayli 10-sinfda qayta o'qishga qoldirilgan. Yangi o'quv yilida ham u darslarga qatnashishni davom ettirmagan.

Boshqarma ma'lumotiga ko'ra, ushbu qiz bilan bir necha marotaba profilaktik suhbatlar o'tkazilgan. Hozirda u voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam markaziga joylashtirilgan va u bilan mutaxassislar hamda tegishli tashkilotlar birgalikda ishlamoqda.

O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 190-moddasiga ko'ra, bunday noqonuniy faoliyat uchun 3 dan 7 baravargacha bazaviy hisoblash miqdorida jarima belgilangan (1 million 236 ming so'mdan 2 million 884 ming so'mgacha). Voyaga yetmagan qizning ota-onalari ham javobgarlikka tortiladi: Ma'muriy javobgarlik kodeksining 47-moddasiga binoan, farzandni tarbiyalashdagi kamchiliklar uchun ularga 5 baravargacha bazaviy hisoblash miqdorida jarima (2 million 60 ming so'mgacha) qo'llanilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 10-sinf o'quvchisi jinoyat bilan shug'ullangan